. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi. Ularning besh nafari bir oiladan - 16 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Чт, 02.04.2020, 00:18
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2871]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


09:53
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi. Ularning besh nafari bir oiladan
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolar soni olti nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonda 15-mart, yakshanba kuni koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan edi. Virus 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayolda aniqlangan edi. Keyinroq, 16-martga o‘tar kechasi COVID-19 koronavirus kasalligini yuqtirgan fuqarolar soni yana uch nafarga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi.

Ulardan biri 15-mart kuni tongda Istanbuldan qaytgan erkak bo‘lsa, qolgan ikki nafari birinchi bemor — 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayolning o‘g‘li va qizi ekani ma’lum qilingan edi. Ma’lum qilishlaricha, ayni paytda ushbu fuqaroning turmush o‘rtog‘i va nevarasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

“Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat o‘rnatildi. Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

Avvalroq hukumat O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilganidan so‘ng bemor ayol bilan bilan muloqotda bo‘lgan to‘qqiz nafar (boshqa manbalarga ko‘ra, 10 nafar) oila a’zosi izolyatsiyaga olingani, umumiy hisobda 150 kishi izolyatsiyaga olinganini ma’lum qilgan edi.

O‘z navbatida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi birinchi bemor bilan birga Fransiyadan uchib kelgan 24 o‘zbekistonlik karantinga, ularni aeroportda kutib olgan 69 nafar chegara qo‘shinlari, bojxona, aeroport xodimlari 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olinganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, agentlik birinchi bemor ayol istiqomat qilgan Qo‘yliqdagi ko‘p qavatli uyda yashovchi 230 nafar fuqaroning ro‘yxati shakllantirilib, ular tibbiy kuzatuvga olinganini ham ma’lum qilgan edi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 66 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda koronavirusga chaling | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020