21:45
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 998 kishiga yetdi

O‘zbekistonda 13-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 64 kishiga oshib, 998 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq 13-aprel kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 934 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-mart) 85 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa virus sabab vafot etdi.

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 177 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda koronavirusga chaling | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close