18:19
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 934 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 13-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 934 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 13-aprel kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 896 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-mart) 85 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 445 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda koronavirusga chaling | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close