10:56
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 6000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda 20-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 kishiga ortib, 6025 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent viloyatida — xorijdan chegara post orqali mamlakatga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (70 foiz) sog'aygan, 1733 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Mamlakatda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon hozirga qadar 19 nafar fuqaro kasallik asoratlaridan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 19-iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 179 ta yangi holat qayd etilgan va ahvoli og‘ir bemorlar soni ko‘paygan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 262 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda koronavirusga chaling | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close