22:34
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1804 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 24-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 26 kishiga oshib, 1804 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1778 taga yetgani ma'lum qilingan edi.

Shunday qilib, 24-aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 46 ta yangi holat tasdiqlandi. Taqqoslash uchun, 13-aprel kuni 133 ta, 14-aprel kuni 167 ta, 15-aprel kuni 137 ta, 16-aprel kuni 47 ta, 17-aprel kuni 56 ta, 18-aprel kuni 85 ta, 19-aprel kuni 75 ta, 20-aprel kuni 62 ta, 21-aprel kuni 51 ta, 22-aprel kuni 38 ta, 23-aprel esa 42 yangi holat tasdiqlangandi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 621 nafari esa sog'ayib, reabilitatsiyaga olingan.

Xorijda 73 o'zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafar - Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 190 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda koronavirusga chaling | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close