21:42
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1302 kishiga yetdi

O‘zbekistonda 15-aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 27 kishiga oshib, 1302 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. Avvalroq 15-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1275 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tasdiqlangan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etdi, 107 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan.

Qayd etish joiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlarining qayd etilishi sezilarli oshdi. Xususan, 8-aprel kuni 26 kishida, 9-aprel kuni 36 kishida, 10-aprel kuni 87 kishida, 11-aprel kuni 98 kishida, 12-aprel kuni ham 98 kishida, 13-aprel kuni 133 kishida, 14-aprel kuni esa 167 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 185 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda koronavirusga chaling | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close