09:13
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1054 kishiga yetdi

O‘zbekistonda 14-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 1054 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq 13-aprel kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 998 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda hozirgacha 85 kishi koronavirusdan sog‘aydi, to‘rt kishi kasallik oqibatida vafot etdi. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 178 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda koronavirusga chaling | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close