Главная » 2018 » Май » 4 » O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari qisqartiriladi
09:17
O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari qisqartiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida bir qator muhim qonun loyihalari ikkinchi hamda uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Xususan, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi mutaxassislar, ekspertlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tashkil etilayotgan ishchi guruhi yig‘ilishlarida ikkinchi o‘qishga tayyorlanayapti.

Taklif etilayotgan loyihaga muvofiq, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir qilingan kundan boshlab 2 yil, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab 4 yil, og‘ir jinoyat sodir qilingan kundan boshlab 8 yil, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab (ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno) 14 yil o‘tib ketgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda.

Jinoyat kodeksining 64-moddasi 5-qismida jinoyat sodir etilgan kundan boshlab 25 yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan. Ya’ni ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir qilib, qidiruvda bo‘lgan shaxslar og‘ir hamda o‘ta og‘ir jinoyat sodir etib, tergov va suddan yashiringan shaxslar bilan teng ravishda jinoiy ta’qib qilinadi.

Loyiha bilan mazkur qism o‘zgartirilib, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab 10 yil, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir qilingan kundan boshlab 25 yil o‘tgan bo‘lsa, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emasligi nazarda tutilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 65 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz