Вс, 19.08.2018, 20:46
Приветствую Вас, Mexmon

12:45
O‘zbekistonda iyul oyida meva-sabzavot va go‘sht qimmatladi
O‘zbekistonda joriy yil iyul oyida ayrim iste’mol tovarlari va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,5 foizga o‘sdi. Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalari shundan dalolat bermoqda.

O‘tgan oyda meva-sabzavot mahsulotlarining narxi keskin pasayishi to‘xtagan. Bunga so‘nggi oylarda bu mahsulotlarga nisbatan taklifning mavsumiy oshishi sabab bo‘lgan.

Ushbu guruhda narxlar o‘sishi 5,1 foizni tashkil etdi. Narxlarning oshishi may va iyun oylarida meva-sabzavot mahsulotlari sezilarli darajada arzonlashuvi natijasidagi past baza effekti bilan izohlangan.

Iyul oyida go‘sht va sut mahsulotlari narxlarining o‘rtacha ko‘tarilishi kuzatildi. Mol go‘shti 1,2, qo‘y go‘shti 0,1 va sut 2,2 foizga qimmatladi, tovuq go‘shti esa, aksincha, 1 foizga arzonladi.

Tuxum sezilarli darajada arzonladi (12,3 foiz), bu ularning mavsumiy taklifi yuqoriligi va tashqi bozordagi savdolarning pasayishi bilan bog‘liq.

O‘tgan yillarga nisbatan tarvuz va qovun narxlari yuqoriligicha qolmoqda. Hozir tarvuzning o‘rtacha narxi kilogrammi uchun 800—1800, qovunning o‘rtacha narxi esa kilogrammi uchun 1800-3200 atrofida bo‘lib turibdi. Bu tabiiy omillar va ekin maydonlari qisqargani bilan izohlanmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 257 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda iyul oyida meva-sabza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar