17:50
O‘zbekistonda ikki marta efirdan olib tashlangan “Sevgi iztirobi” seriali yana namoyish etiladi
Ikki marta efirdan olib tashlangan Turkiyaning “Sevgi iztirobi” (“Kara sevda”) seriali tez kunda Zo‘r TV telekanali orqali namoyish etila boshlaydi. Bu haqda telekanalning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

“Sevgi iztirobi” Zo‘r TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. Ushbu serial O‘zbekistonda tezda ommalashdi, hatto choyxonalarda ham serialni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Uning reklama bannerlarini poytaxt ko‘chalarida ham ko‘rish mumkin edi.

2018-yil fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Sevgi iztirobi” serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi to‘xtatilgan edi. O‘shanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi.

Zo‘r TV telekanali 2019-yil iyul oyida “Sevgi iztirobi” efirga uzatilishini ma’lum qildi. 30-iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi.

Ertasi kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi.

Ma’lumot uchun, “Kara sevda” seriali Turkiyada 2015-yildan 2017-yil yozigacha namoyish etilgan bo‘lib, 2 mavsum va 74 qismdan iborat. Uning har bir qismi 120—150 daqiqadan iborat. Serialning har bir epizodi turli davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham bir necha qismlarga bo‘lib uzatildi. Serial 2017-yilda “Yilning eng yaxshi telenovellasi” nominatsiyasida “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi. Dunyoning 20 dan ortiq davlatida, xususan, BAA, Iroq, Afg‘oniston Islom respublikalarida ham namoyish etildi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 680 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda ikki marta efirdan ol | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close