Главная » 2018 » Май » 22 » O‘zbekistonda dollar kursi ilk bor 8 ming so‘mdan pasaydi
07:53
O‘zbekistonda dollar kursi ilk bor 8 ming so‘mdan pasaydi
O‘zbekiston Markaziy banki 22-may kunidan amalda bo‘ladigan valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kursini belgiladi.

Dollar kursi valyuta liberallashuvi boshlanganidan beri ilk bor 8 ming so‘mlik ko‘rsatkichdan pastga tushdi. O‘tgan haftaga nisbatan 27,8 so‘mga pasaydi va bir dollar uchun 7995,9 so‘mni tashkil etdi.

Qolgan valyutalarda ham shunday holat kuzatildi. Jumladan, yevro kursi 200 so‘m (9396,7 so‘m), rubl esa 1,5 so‘mga (128,3 so‘m) pasaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonda birjada dollar kursi 8 ming so‘mdan tushib ketgani haqida xabar berilgandi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 38 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda dollar kursi ilk bor | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz