Ср, 13.11.2019, 18:05
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2731]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


10:40
O‘zbekistonda “buxanka” narxi so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashdi
O‘zbekistonda qolipli non (buxanka) narxi yana qimmatlashdi. Bu “buxanka”ning so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashishi hisoblanadi.

Hozirda Toshkentdagi turli savdo do‘konlarida “buxanka” 1 600 so‘mdan 1 900 so‘mgacha sotilmoqda.

“Buxanka” narxi oxirgi marta 15-oktabr kuni qimmatlashgan. O‘shanda “buxanka” 1350—1500 so‘mdan sotila boshlangan edi.

2019-yil 14-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 15-oktabrdan:

2019-yil hosilidan tayyorlangan va un ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan bug‘doy g‘alla iste’molchilarining barcha toifalariga faqat birja orqali sotiladi;
davlat xaridlari doirasida sotib olingan bug‘doyni qayta ishlashdan olingan un barcha iste’molchilarga 100 foiz to‘lovni oldindan amalga oshirish orqali ochiq birja savdolarida sotiladi;
2019-yil hosilidan tayyorlangan bug‘doyning bir tonnasi un ishlab chiqarishga 1,3 million so‘mdan ulgurji narxda sotiladi.
2019-yil 1-oktabrdan boshlab un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifalariga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi oshirilib, 50 000 so‘m miqdorida belgilandi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 28 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda “buxanka” narxi so‘ng | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Reklama
Copyright MyCorp © 2019