. O‘zbekistonda bemorlarni davolayotgan hamshiraning koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi - 23 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Чт, 02.04.2020, 00:19
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2871]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


18:05
O‘zbekistonda bemorlarni davolayotgan hamshiraning koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi
Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 9 nafarni tashkil etgani xabar berilgan edi. Viloyat IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, ilk bor hamshiraning virus yuqtirib olgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, 23-mart holatiga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 nafar bemor bo‘lib, ular muntazam ravishda tibbiy nazoratga olingan.

Koronavirus aniqlangan ilk bemor Fransiyadan kelgan. Unda 15-mart kuni infeksiya aniqlangan. Ikkinchi bemorda 16-mart kuni aniqlangan bo‘lib, birinchi bemordan yuqtirib olgan.

Uchinchi bemor 14-mart kuni Londondan uchib kelgan. 17-mart kuni infeksiya aniqlangan.

18-mart kuni COVID-19 infeksiyasi to‘rtinchi fuqaroda tasdiqlangan. Beshinchi bemor 20-mart kuni aniqlangan.

Koronavirus aniqlangan oltinchi bemor 18-mart kuni Rossiyadan kelgach, “Sokol" bolalar oromgohida karantinda turgan. Unda 20-mart kuni infeksiya aniqlangan.

Yettinchi bemor 18-mart kuni Moskva orqali Shvetsiyadan kelgan. “Sokol” oromgohida karantinda bo‘lgan, 21-mart kuni kasallik aniqlangan.

Sakkizinchi bemor 14-mart kuni Dubaydan kelgan. 22-mart kuni virus aniqlangan.

To‘qqizinchi bemor hamshira bo‘lib, ayni paytda davolash ishlari olib borilmoqda.

Xabarda hamshiraning virusni qayerda yuqtirib olgani haqida ma’lumot berilmagan. U koronavirus aniqlangan bemorlarni davolovchi bo‘lganmi, yoki karantinda saqlanayotgan fuqarolarga qarayotgan bo‘lganmi — aniqlik kiritilmagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 23-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 46 nafarga yetgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 31 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda bemorlarni davolayotg | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020