09:02
O‘zbekistonda 6-apreldan mototransport va velosipedda harakatlanish cheklanadi
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 4-apreldagi yig‘ilishida bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Unga ko‘ra, 6-aprel soat 6:00 dan e’tiboran Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanadi.

“Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi”, — deyiladi Respublika maxsus komissiyasi axborotida.

Avvalroq, 4-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda mototransport vositalari va velosipedlarda harakatlanish taqiqlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, biroq keyinroq Ichki ishlar vazirligi va boshqa idoralar tomonidan bu rad etilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda karantinning qachon tugashi noma’lum — karantin davrini tugatish Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 842 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda 6-apreldan mototransp | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close