10:57
O‘zbekistonda 10-iyuldan buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopiladi

Respublika maxsus komissiyasining yangi talablari 8-iyul kuni @koronavirusinfouz Telegram-kanalida e'lon qilindi. Unga ko‘ra, 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar O‘zbekiston miqyosida quyidagi obyektlar faoliyati to‘xtatildi:

  • parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;
  • buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
  • sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;
  • tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
  • umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);
  • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 282 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda 10-iyuldan buyum bozo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close