. O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shimcha temiryo‘l reyslari yo‘lga qo‘yiladi - 16 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Ср, 01.04.2020, 23:59
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2871]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


09:59
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shimcha temiryo‘l reyslari yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent avtovokzalida 15-mart kuni uzundan-uzoq navbatlar yuzaga keldi. Chipta uchun navbatda turganlarning aksariyati — talabalar, deb xabar beradi O‘zA.

Ta’kidlanishicha, ushbu vaziyat koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha OTM talabalari, maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga 16-martdan ta’til berilganligi fonida yuzaga kelgan.

Mutasaddilar o‘z o‘rnida vahima ko‘tarmaslikka chaqirmoqda. Barcha yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazilishi ta’minlanishi bo‘yicha choralar ko‘rilyapti.

Yo‘lovchilarni manzilga yetkazish uchun avtovokzaldan qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yila boshlandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning ma’lum qilishicha, 16-mart kunida “Toshkent—Urganch” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reys yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, yana uchta qo‘shimcha reyslar tashkil etiladi:

09:35 — reys 580/579 “Toshkent—Qarshi—Termiz—Qarshi—Toshkent”;
11:30 — reys 554/553 “Toshkent—Buxoro—Urganch—Buxoro—Toshkent”;
20:00 — reys 552/551 “Toshkent—Buxoro—Urganch—Buxoro—Toshkent”.
Kompaniyadagilar mamlakatning boshqa yo‘nalishlari bo‘ylab ham qo‘shimcha poyezlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan.

Avvalroq “O‘zbektemiryo‘lchi” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida koronavirus sabab 16-martdan ta’tilga chiqarilgan talabalar uchun ko‘chma kassa tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangani, u Toshkentda istiqomat qiluvchi ayol ekani, 11-mart kuni Fransiyadan qaytgani haqida xabar berilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bemor ayolning barcha oila a’zolari tibbiy kuzatuvga olingan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 17 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shimcha temi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020