Главная » 2017 » Декабрь » 26 » O'zbekistonda ilk bor tuyaqush terisidan poyabzallar tayyorlanadi
15:00
O'zbekistonda ilk bor tuyaqush terisidan poyabzallar tayyorlanadi
Yaqin vaqt ichida O'zbekiston tuyaqush terisidan tayyorlangan erkaklar poyabzallari va charm-galantereya mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri «O'zbekcharmpoyabzali» assotsiatsiyasidagi manbaga asoslanib.

Uning aytishicha, poyabzallar o'zbek dizaynerlari tomonidan ishlab chiqilgan eksklyuziv modellar bo'ladi. Mahsulot buyurtmachilar baholashlari uchun Italiya va Ispaniyaga jo'natiladi. So'ngra mahsulot miqdori va yetkazib berish davriyligi borasida bir qarorga kelinadi.

«Bu bizning ilk tajribamiz. Xom ashyoni Farg'ona vodiysidagi tuyaqush boqish bilan shug'ullanuvchi fermerlar taqdim etishdi. Tuyaqush terisi o'zining mustahkam va elastikligi bilan ajralib turadi. Tuyaqush terisidan tayyorlangan mahsulotlar premium toifaga kiruvchi mahsulotlardan hisoblanadi», — dedi suhbatdosh.
U bunday mahsulot ichki bozorga ham chiqarilishi haqida aniq ma'lumot aytmadi. Qayd etish joiz, jahon modasida tuyaqush terisidan tayyorlangan mahsulotlar keyingi 50 yil ichida paydo bo'ldi. Louis Vuitton, Manolo Blahnik, Christian Louboutin kabi dunyoga mashhur dizaynerlar kolleksiyasidan tuyaqush terisidan tayyorlangan sumka, tufli va aksesssuarlar ham joy olgan.

Vertu firmasi o'zining qimmatbaho telefonlariga tuyaqush terisidan tayyorlangani g'iloflarni taklif etadi. O'zbekiston 2017 yilda 105 million dollarlik poyabzal va charm mahsulotlarini eksport qildi. Mahsulotlar sotiladigan asosiy bozor Xitoy bo'lib, O'zbekiston charm-poyabzal sanoati eksportining 40%i ushbu mamlakatga to'g'ri keladi. Eksport hajmining 16%i Turkiyaga, 8%i Rossiyaga to'g'ri keladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 134 | Добавил: Admin | Теги: O'zbekistonda ilk bor tuyaqush teri | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz