Главная » 2017 » Октябрь » 6 » O'zbekistonda Green Card’ga ro'yxatdan o'tish boshlandi
19:43
O'zbekistonda Green Card’ga ro'yxatdan o'tish boshlandi
AQSh Davlat Departamenti 2018 yil «Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar – DV» (Grin Kard) dasturiga ro'yxatga olish davri 2017 yil 3 oktyabrdan 2017 yil 7 noyabrgacha jamoat uchun ochiq bo'lishini e'lon qildi.
Ishtirokchilar DV dasturida 2017 yil 3 oktyabr, ceshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00dan boshlab ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Ro'yxatga olish davri 2017 yil 7 noyabr, seshanba kuni, Toshkent vaqti bilan 22:00 da tugaydi.
Barcha arizalar elektron ravishda ro'yxatga olish davrida http://www.dvlottery.state.gov sahifasi orqali topshirilishi shart.
DV lotereyasiga ariza berish uchun hech qanday haq olinmaydi. Barcha murojaatchilar arizalarining maqomini keyinchalik tekshirish uchun, arizalarini topshirib bo'lganlaridan so'ng, o'z tasdiqlov varaqlarini bosmadan chiqarib, saqlab qo'yishlari shart.
2017 yil 7 noyabr soat 22:00 dan keyin arizalar qabul qilinmaydi.
2018 yil 1 maydan boshlab, qatnashchilar o'zlarining arizalari ro'yxatga olinganini tasdiqlovchi varaqlaridan foydalanib, Davlat departamentining internet sahifasida immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlariga o'tish uchun tanlangan yoki tanlanmaganliklari haqida ma'lumotlarni bilib olishlari mumkin.
Murojaatchilarga o'z tasdiqlov varaqlarini printerda chop etib olishni va 2019 yil 30 sentyabrga qadar saqlab qo'yishlari tavsiya etiladi.
DV Lotereyasining talablariga javob berish uchun murojaat etuvchi ushbu lotereyada qatnashishi mumkin bo'lgan davlatlardan biri, shu jumladan, O'zbekistondan bo'lishi va o'rta maktab darajasiga teng ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Ariza topshirish va talablarga javob berishga oid qo'shimcha ma'lumotni AQSh Davlat departamentining saytidan olish mumkin.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 217 | Добавил: Admin | Теги: O'zbekistonda Green Card’ga ro'yxat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz