Ср, 13.11.2019, 18:06
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2731]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


14:52
Non narxini endi bozor belgilaydi: ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun kompensatsiya miqdori oshiriladi
Non narxining oshishi har qanday sabab ro'kach qilinmasin, og'riqli qabul qilinaveradi. Ammo bozor mexanizmiga o'tilarkan, ertami kechmi bu islohot ham o'tkazilishi kerak edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, non va un mahsulotlari narxlari ustidan davlat nazorati o'rnatish amaliyoti qo'shni davlatlar orasida faqat O'zbekistonda saqlanib qolgan. Ammo sabzovot, meva yoki dukkakli ekinlar singari bug'doy ham qishloq xo'jaligining bir mahsuloti. Har qancha ahamiyatli bo'lmasin, uni yetishtirgan dehqon zarariga sotmasligi, yanchgan zavod qing'irlik bilan ishlamasligi, yopgan nonvoy kimgadir qaram bo'lib qolmasligi kerak. Mana shunday oddiy, ammo jo'yali sabablar tufayli Vazirlar Mahkamasining «Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to'liq joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko'ra, hukumat don tizimini to'liq bozor mexanizmiga o'tkazish bilan birga kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga maxsus kompensatsiya mablag'larini ajratishda davom etadi. Bu esa ko'pchilikda tug'ilgan savollarga javob topishga asos bo'ladi.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi ijrochi direktori o'rinbosari Shuhrat Davronovga murojaat qilganimizda kompensatsiyalar ajratish mexanizmini shunday tushuntirib berdi:

— Shu kunga qadar ijtimoiy himoyaga muhtojlar sifatida kompensatsiya olayotganlar soni 1,7 million kishini tashkil etgan bo'lsa, hozirgi kunda ular soni 2 milliondan oshdi. Bu yangi toifa shaxslar ham ro'yxatga kiritilishi bilan bog'liq. Nazarda tutilgan pul kompensatsiyalari pensiya va nafaqalar to'lanishi uchun mas'ul bo'lgan organlar tomonidan hisoblanadi va pensiya hamda nafaqalar bilan bir vaqtda to'lanadi. Ya'ni ular alohida bo'lishi, to'lanmay qolib ketishi mumkin emas.

Quyidagi toifadagi shaxslar bu kompensatsiyani olishlari mumkin:

· yoshga doir va nogironligi bo'yicha nafaqa, boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolalikdan nogiron bo'lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, 16 yoshgacha bo'lgan nogiron bolalar va 18 yoshga to'lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa, shuningdek, belgilangan eng kam yoshga doir pensiyaning miqdoridan kam pensiya oluvchi har bir pensiya oluvchiga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi — 50 ming so'm;

· fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan ikki yoshgacha bo'lgan bolalar parvarishi uchun tayinlangan nafaqa yoki moddiy yordam oluvchi oilaga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi — 50 ming so'm.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab 14 yoshgacha bo'lgan bolalari uchun tayinlangan nafaqani oluvchi oilalarga hamda belgilangan eng kam yoshga doir pensiya miqdorida pensiya oluvchilarga ham 50 ming so'm miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi joriy etiladi hamda ularning nafaqa va pensiyalari miqdori 50 ming so'mga ko'payadi.

Ta'kidlashimiz joiz, garchi un mahsulotlari bo'yicha islohotlar 15 oktyabrdan kuchga kirishiga qaramay, kompensatsiya to'lovlari 1 oktyabrdan hisoblanadi va qo'shimchalar to'lab beriladi, — deya so'zlarini yakunladi Sh. Davronov.

Abror ZOHIDOV,
jurnalist

(kun.uz)
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 42 | Добавил: Admin | Теги: Non narxini endi bozor belgilaydi: | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019