VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

10:25
Nega bizda seriallar qoq o'rtasida to'xtatib qo'yiladi?
Hech e'tibor berganmisiz, so'nggi paytlarda nodavlat telekanallari tomonidan efirga uzatilayotgan juda ko'p seriallar qoq o'rtasida to'xtatib qo'yilib, keyin davom ettirilmayapti. To'xtatishning ajoyib yo'lini ham topib olishgan: birinchi mavsum tugadi. Birinchi mavsum tugashga tugaydiku-ya, ikkinchi mavsumni «tuya go'shti yeb ketadi». Kutaverib toqatlar toq bo'ladi. Bora-bora yangi seriallarga alahsib, unutib yuboradi, kishi. Lekin boshlangan namoyishni oxirigacha yetkazmaslik mas'uliyatsizlik emasmi?!

Tan olish kerak, ayrim seriallar yoshlarga yomon o'rnak bo'layotgani bois taqiqlab qo'yildi. Hatto ekranlardan olib tashlandi. Biroq nega telekanal muharrirlari shu seriallarni ekranga qo'yish oldidan barcha ikir-chikirlarigacha o'rganib chiqmaydi, salbiy va ijobiy ta'sirini o'rganmaydi. Uni hamma ko'rib, atrofdan tanqidlar yomg'irdek yog'ishini kutish shartmi?

Shu masalani telekanal ijodkorlari yaxshilab o'ylab ko'rishlari lozim. Serial ekranga qo'yilguncha hijjalab saralasinlar, mayli. Biroq u telekanal yuzini ko'rdimi, oxirigacha davom etishi shart. Aks holda bu teletomoshabinlar hislari bilan o'ynashish bo'ladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Nega bizda seriallar qoq o'rtasida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%