Сб, 22.09.2018, 23:18
Приветствую Вас, Mexmon

10:43
Navoiyda ota-onaning beparvoligi qizchaning cho‘kishiga sabab bo‘ldi
Joriy yil avgust oyining boshida Navoiy viloyati FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan Qiziltepa tumanidagi “To‘dakul” suv havzasida 13:20 lar atrofida sakkiz yoshli qizcha cho‘kib ketayotganida qutqarib qolingan. Bu haqda “Vaziyat” gazetasi xabar berdi, deb yozadi Uz24.

Qutqaruvchilar qizchaga birinchi yordam ko‘rsatib, so‘ng tez tibbiy yordam xodimlariga xabar bergan. Qizaloq dam olish maskaniga ota-onasi bilan birga kelgan.

Undan avval qutqaruvchilarning biri havo bilan shishirilgan baloncha ustida cho‘milayotgan qizchaga e’tibor qaratgan. Qutqaruvchi E.Tilaboyev qizchaning yaqinlariga bu joy chuqurligi, cho‘kib ketishi mumkinligini aytib ogohlantirgan.

Shunga qaramay, ular bu gapga beparvo bo‘lgan. Oqibatda esa yuqoridagi holat yuz bergan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 136 | Добавил: Admin | Теги: Navoiyda ota-onaning beparvoligi qi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar