19:12
Navoiyda mehmonga chaqirilgan qizning nomusiga tegildi

Navoiyda IIV O‘XB Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari poraxo‘r “qo‘shmachi”ning qing‘ir ishini fosh etdi.

Karmana tumani “Talqoq” MFYda ijarada yashovchi fuqaro B.D. hamda uning rafiqasi B.S. yashash xonadoniga tanishlari A.O‘. hamda Sh.J.ni aldov yo‘li bilan taklif etib, noodatiy tartibda mehmondorchilik tashkillashtirdi. Mezbonlar ichimlik olib kelish bahonasida do‘konga ketib, ancha vaqtgancha qaytishmagan. Aslida ularning maqsadi mehmon kutish emas, balki “qo‘shmachilik” qilish bo‘lib chiqdi.

Paytdan foydalanib A.O‘. holi qolgan Sh.J.ga tajovuz qilib, uyatsiz xatti-harakatlar sodir qilgan. Bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan Sh.J. Karmana tumani IIBga murojaat qilganu, fuqaro kutilmaganda ariza yozishdan bosh tortgan. Biroq, 3 kun o‘tib Sh.J. tuman IIBga qayta yozma ariza bilan murojaat etib, endilikda voqea boshqacha tus olganligi yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Arizaga ko‘ra, B.D. endilikdan tuman IIBning “Diyor” ismli xodimi nomidan ko‘zbo‘yamachilik asosida ish ko‘rib, tanishi A.O‘.dan bo‘lgan voqealarni bosti-bosti qilish uchun 20 million so‘m pul mablag‘i talab qilgan va ushbu mablag‘ pora sifatida IIВ xodimiga berib, vaziyatni ijobiy hal qilishini ma’lum qilgan.

Tuman IIB JQBning “Diyor” ismli xodimi viloyat IIBga bildirgi orqali murojaat etib, haqiqatda ushbu sohada faoliyat olib borayotganligini, mazkur holatdan bexabar bo‘lsada, fuqaro B.D.ning keskin harakati xodimni poraxo‘r sifatida ayblab kelayotgani haqida o‘z vaqtida ogohlantirdi. Bildirgi yuzasidan Vazirlik O‘XB Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari tufayli, B.D. tanishi A.O‘.dan pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga taqdim etildi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 581 | Добавил: Admin | Теги: Navoiyda mehmonga chaqirilgan qizni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close