13:18
Nasiba Maqsudova hayot bo`lganida bugun 69 yoshni qarshi olgan bo`lardi...

8 fevral kuni oliy toifali suxandon, O`zbekiston televideniesi rivojiga katta hissa qo`shgan ijodkor Nasiba Maqsudova insultni boshdan kechirishi oqibatida vafot etdi. Bugun, 12 aprel kuni Nasiba Maqsudova hayot bo`lganida 69 yoshni qarshi olgan bo`lardi.

Teleboshlovchi Anvar Azimov hamkasbi hamda ustozini xotirladi.

“Inson umri yashalgan yillar bilan emas, qilingan ishlar bilan o`lchanadi, deyishadi. Bugun ustozim Nasiba Maqsudova hayot bo`lganlarida 69 yoshga kirgan bo`lardilar! Bolaligimda Nasiba opaning chiqishlarini ko`rib katta bo`lganman, ayniqsa ‘Assalom, O`zbekiston’ ko`rsatuvida ularning chiqishlari va ekran orqali men bilan gaplashishlari xotiramda qolgan. Lekin tasavvur qilmagan ekanman, yillar o`tib shu ko`rsatuvda o`zim ham boshlovchilik qilishimni hamda Nasiba

Maqsudovadek ustoz bilan birga ishlashimni. Ustoz hali 10-15 yil ‘Diydor shirin’ni birga olib boramiz, derdilar. Ammo, o`lim haq deyishadi. Ular yaratgan maktab va boshlagan ishlarini davom ettirish esa biz shogirdlar oldidagi katta burchdir! Ustoz, ohiratingiz obod, yotgan joyingiz jannatdan bo`lsin! Sizning nurli siymoyingiz bizning qalbimizda abadiy yashaydi”,—deb yozadi Anvar Azimov Instagram`dagi sahifasida.

Teleboshlovchi bundan bir yil avval 2016 yil 12 aprel kuni Nasiba Maqsudova bilan tushgan suratini ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 625 | Добавил: Admin | Теги: Nasiba Maqsudova hayot bolganida bu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close