11:06
“Nasaf” stadioniga chim yotqizishni futbolchilarning o‘zi boshladi

Qarshining “Nasaf” futbol klubiga qarashli stadion rekonstruksiya qilinmoqda, deb yozdi jamoa matbuot xizmati. Shu boisdan ham Ro‘ziqul Berdiyev boshchilik qilayotgan jamoa Chempionlar ligasidagi o‘yinini “Bunyodkor” stadionida o‘tkazgandi.

Ma’lum qilinishicha, stadionga yangi chim yotqizish ishlari boshlangan. Bunda qarshiliklar Kentucky blue grass markasidan foydalanayotgan bo‘lib, u mahalliy iqlimdan kelib chiqib tanlangan.

Chimni yotqizishda jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi faol ishtirok etmoqda. Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq qarshi olingan.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” futbol klubining Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinidan keyin Salamat Qutiboyev stadionni O‘zbekistondagi eng yaxshisi degan bo‘lsa, “Al-Ahli” futbolchisi “Lokomotiv” stadioni chimini talabga javob bermaydi deb topgandi.

Keyinroq esa Osiyo qit’asining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan Umar Abdulrahmon “Bunyodkor” stadioni chimida golini nishonlashni niyat qilib, sal qolsa tizzasi bilan tuproqqa qadalib qolay degandi. Avvalroq “Bunyodkor” stadionining chimi borasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari ham tanqidiy fikrlar bildirgandi.

“Nasaf” stadionida chim sifati qanday bo‘lishini yaqin vaqt ichida bilib olish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Категория: Sport Yangiliklar | Просмотров: 621 | Добавил: G‘anisher | Теги: “Nasaf” stadioniga chim yotqizishni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close