13:49
NASA zondi Marsdagi kraterda eriyotgan muz izlarini suratga oldi
NASA agentligining MRO zondi kameralari Mars shimoliy qutbidagi hozircha nomsiz kraterda kuchli ko‘chkilarning eng tiniq suratlarini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda MRO loyihasi rahbari Alfred Makyuen (Arizona universiteti, AQSh) ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Mazkur ko‘chkilar quruq muz erishi oqibatida hosil bo‘lgani bildirilmoqda.

“Marsdagi bu nuqta sayyora yuzasidagi ko‘chkilarning eng yaqqol izidir. Bunday jarliklar tuproqda quruq muz qatlami paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan Mars qishi davrida yuzaga keladi. Boshqa tarafdan, shimoliy yarim shardagi qish janubga qaraganda ancha qisqa va yumshoq, shu sababli bu yerda bunday jarliklar ko‘p ham hosil bo‘lavermaydi”, — hikoya qiladi olim.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 536 | Добавил: Admin | Теги: NASA zondi Marsdagi kraterda eriyot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close