Главная » 2017 » Декабрь » 21 » NASA olimlari: 2020 yili yer yuzida kichik muzlik davri boshlanishi mumkin…
06:43
NASA olimlari: 2020 yili yer yuzida kichik muzlik davri boshlanishi mumkin…
NASA olimlari angliyalik hamkasblari bilan birga Quyosh tizimini qayta-qayta o'rganishmoqda. Ularning hisob-kitobiga ko'ra, Quyosh tizimi faolligi yildan yilga pasaysa pasaymoqdaki, faollashmayapti. Agar jarayon shunday davom etadigan bo'lsa, 2020-2030 yillarga borib yer yuziga deyarli quyosh nuri tushmay qo'yadi. Tushganda ham ta'sir kuchi hozirgining mingdan bir qismiga ham teng bo'lmaydi. Bu Yevropa, Shimoliy Amerika va yana bir qator mintaqalarda qattol sovuqlar pallasini boshlab beradi. Yer sayyorasining asosiy qismini kichik bo'lsa-da, muzlik davri egallaydi.

— Biz aniq matematik hisob-kitoblarga egamiz, — deydi olimlardan biri. — 1645-1715 yillar oralig'ida ham Yevropa va Amerika qit'asi qattol sovuqdan azob chekkan. Ko'plab odamlar, jonivorlar sovuq tufayli o'lim topgan. Quyosh yana besh milliard yil yashab qolishi ham Yer sayyorasida muzlik davri boshlanishiga to'siq bo'la olmaydi. Afsuski, 2019 yilga borib Tinch va Atlantik okeanga yaqin hududlarda yashovchilar kichik muzlik davri boshlanishiga shaxsan guvoh bo'lishadi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 151 | Добавил: Admin | Теги: NASA olimlari: 2020 yili yer yuzida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz