. Namanganlik yigit telefon pulini bermaslik uchun tengdoshini o‘ldirib, chiqindilar orasiga ko‘mib yubordi - 2 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Ср, 01.04.2020, 22:40
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2871]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


15:06
Namanganlik yigit telefon pulini bermaslik uchun tengdoshini o‘ldirib, chiqindilar orasiga ko‘mib yubordi
Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan D.Ibragimov tengdoshini qasddan o‘ldirishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan X.Solijonov tanishi D.Ibragimovga muqaddam sotgan uyali telefon apparati pullarini olish uchun uning oldiga borib qaytib kelmagan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida D.Ibragimov Chust tumani “Sadacha” mahallasidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish sexida X.Solijonov bilan o‘zaro janjallashib, oldida bo‘lgan temir bo‘lagi bilan uning yuz va bosh qismlariga bir necha marotaba urgani aniqlangan. Shundan so‘ng D.Ibragimov tengdoshini shu yerdagi maishiy chiqindilar orasiga ko‘mib yuborgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha D.Ibragimov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 24 | Добавил: Admin | Теги: Namanganlik yigit telefon pulini be, chiqindilar orasiga ko‘mib yubordi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020