16:15
Namanganda 16 yoshli o‘smir seyfni o‘marish ilinjida sajda qilayotgan buvisini tesha bilan urib o‘ldirdi

16 yosh – umrning navqironlik davri, bu yosh o‘smirlik bilan yetilish chegarasi sanaladi. Inson bu davrda kelgusidagi hayoti uchun asos bo‘ladigan rejalar tuzadi, diliga orzu-maqsadlar tugadi.

Biroq Namangan shahrida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan M.Z. ismli o‘spirin ayni shu orzu-havaslariga to‘la navqiron yoshida adashdi. Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qolgandi. U do‘stlari bilan bayramni nishonlash va yangi ust-boshlar xarid qilish uchun pul topish ilinjiga tushadi va o‘zi yashab kelayotgan uyga bir devor qo‘shni uyga, ya’ni amakisinikiga kiradi.

U 68 yoshli buvisi yashaydigan xonadondagi seyfda pul bo‘lishini va buvisi o‘z nafaqasini o‘sha yerda saqlashini yaxshi bilardi. U bu pullarga ega bo‘lishni ko‘ngliga tugib, seyf turgan xonaga mo‘ralaydi. U yerda keksa onaxon sajdaga boshini qo‘yib, namoz o‘qiyotgan edi.

Noqobil nevara pul ilinjida es-xushini unutib, qo‘lidagi tesha bilan namoz o‘qiyotgan buvisining boshiga uradi...

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 273 | Добавил: Admin | Теги: Namanganda 16 yoshli o‘smir seyfni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close