22:09
Namangan va Samarqandda poyezdlar odam bosib ketdi
10-yanvar kuni soat taxminan 12:25 da yuk poyezdi 20 ta vagoni bilan birga G‘uncha shaharchasidan o‘tuvchi “Chortoq—Namangan” bekatlari oralig‘idagi 96-kilometr 2-piketida ketayotgan vaqtida, temiryo‘lni kesib o‘tayotgan 2-guruh nogironi (kar-soqov) 31 yoshli Z.Ya.ni urib yuborgan.

Oqibatda Z.Ya. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan. “Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti axborotida.

Xuddi shu kuni soat 20:50 da 7-sonli “Moskva—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdi “Zarafshon—Jomboy” bekatlari oralig‘idagi 3710-kilometrda ketayotgan vaqtida, temiryo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 53 yoshli piyoda R.B.ni urib yuborgan.

Oqibatda R.B. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan. “Holat yuzasidan Samarqand viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deya qo‘shimcha qilingan Tergov departamenti xabarida.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 119 | Добавил: Admin | Теги: Namangan va Samarqandda poyezdlar o | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close