17:40
Muxabbat Tafti hind teleseriali haqida batafsil

MY5 “Mening yurtim” telekanalida namoyish
etilayotgan, hind kinoijodkorlari tomonidan
tayyorlangan “Muhabbat tafti” (“Iss Pyaar
Ko Kya Naam Doon?”) seriali ilk bor 2011 yil
6 iyun Hindistonda ekran yuzini ko‘rgan.
Mazkur serialda jamiyatning har bir qatlami
a’zolari haqida so‘z yuritiladi. Asosiy urg‘u
hind milliy qadriyatlari - oila, opa-singil, aka-
uka va qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarga qaratiladi. Serialning o‘ziga
xos jihati shundaki, uning ayrim joylari
mashhur “Sohibjamol va maxluq” multfilmi
syujetlariga o‘xshab ketadi.
Film haqida qisqacha
Kxushi Kumari Guptaning ota-onasi
avtohalokat sabab dunyodan o‘tadi va uni
Lakxnau shahridagi qandolatchi oilasi asrab
oladi. U tutingan opasi Payalni juda yaxshi
ko‘radi, biroq ko‘ngilsiz bir hodisa tufayli u
opasining to‘yi buzilishiga sababchi bo‘lib
qoladi. Bu esa otasining moliyaviy tang
ahvolga tushishiga ham sabab bo‘ladi. Qizlar
o‘zlari yashab turgan joyni tark etib, yangi
shahar va yangi taqdir o‘yinlari sari yo‘l
olishadi. Kxushi ushbu vaziyatdan qanday
chiqadi? Buzilgan to‘y oqibatida opa-
singillarning taqdiri qay darajada o‘zgarib
ketadi? Ularni oldinda yana qanday sinovlar
kutyapti? Arnav Singx bilan bo‘lgan tasodifiy
to‘qnashuv uning hayotini keskin o‘zgartirib
yubordi. Janjal bilan boshlangan bu
uchrashuv ikki yosh uchun qanday
sinovlarni va’da qiladi? Muhabbatmi yoki
nafrat? Bu savollarga serialni kuzatib borib
javob topishingiz mumkin.
Bosh rol ijrochilari haqida

Arnav Sinx — Barun Sobti
1984 yil 21 avgust kuni Hindistonning Dehli
shahrida tavallud topgan.
Aktyorlik faoliyatini 2008 yildan boshlagan.
Shu kungacha 4 ta film va 4 ta teleserialda
suratga tushgan.
Mazkur serialda Arnav Sinkx Rayzoda
obrazini yaratgan.
Ushbu roli uchun 2012 yil bir qator yuksak
mukofotlarni qo‘lga kiritgan, xususan,
“Eng yaxshi aktyor”, “Sevimli yangi
ishtirokchi”, “Eng mohir ishtirokchi”,
“Sevimli juftlik”, “Sevimli kino yulduz”, “Oynai
jahondagi sevimli juftlik”, “Eng mashhur
aktyor”, “TV dramadagi sevimli aktyor” kabi
nominatsiyalar g‘olibiga aylangan!

Kxushi - Sanayya Irani
1983 yil 17 sentabr kuni Hindistonning
Mumbay shahrida tavallud topgan.
Model, raqqosa va aktrisa sifatida faoliyat
yuritadi.
Kino olamiga 2006 yil kirib kelgan.
Shu kungacha 5 ta televizion shou, bitta film
va 6 ta teleserialda suratga tushgan.
Sanayya mazkur serialda Kxushi Kumari
Gupta rolini ijro etgan.
Ushbu roli uchun 2012 yil bir qator yuksak
mukofotlarni qo‘lga kiritgan, xususan,
“Eng yaxshi aktrisa”, “Eng mashhur sevimli
aktrisa”, “Oynai jahondagi sevimli juftlik”,
“Yilning eng yaxshi kino yulduzi”, “Oynai
jahondagi sevimli aktrisa”
nominatsiyalarining mutlaq g‘olibiga
aylangan!
Darakchi gazetamizning keyingi sonlarida
serialning boshqa qahramonlari haqidagi
ma’lumotlar va serial rivoji bilan bog‘liq
ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin,
deb yozadi Darakchi
Manba: "darakchi.uz"

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 992 | Добавил: G‘anisher | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close