08:17
Munisa Rizayeva san’atni tark etishi mumkinligini ma’lum qildi

19—21-oktabr kunlari Munisa
Rizayevadan shou tarzida o‘tadigan
konsert uchun repetitsiya jarayonlari eng
avjiga chiqqan, deb xabar beradi
“Sayyod.com”.

Munisaning bu yilgi shousiga rejissor
Rustam Dinamovich va xoreograf Narimon
Grigoryanlar mas’ul.


“Sayyod.com” bilan suhbat chog‘ida
Munisa san’atni tark etishi mumkinligini
e’lon qildi.

 


“Balki men keyingi yil san’atni tashlayman.
Bilmayman. Ko‘ramiz”, — degan Munisa
Rizayeva.

Muxlislar xonandaning bu so‘zlarini uning
turmushga chiqayotgani yoki konsert
oldidan piar qilayotgani bilan
bog‘lashmoqda.

 

Категория: Yangiliklar Foto | Просмотров: 1199 | Добавил: G‘anisher | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close