10:59
Munisa Rizayeva: Biz qadrimizga yetmaydigan insonlarga ko‘proq mehr beramiz

Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasiga yozib qoldirgan so‘zlari “Darakchi.uz” nashrining e’tiborini tortdi.

Biz ko‘pincha ko‘ngilsizliklarda atrofimizdagi yaqin insonlarni ayblaymiz. Lekin bir narsani sira ham unutmasligimiz darkor, tushkun kayfiyatimizga atrofimizdagilarni mutloq aloqasi yo‘q. Yagona aybdor bu o‘zimiz, chunki biz qadrimizga yetmaydigan insonlarga ko‘proq mehr beramiz, qadrimizga yetadigan insonlarga esa e’tibor ham bermaymiz. Suyganimiz mehrsiz-u, suymaganimiz mehrli, biroq buni anglab yetmaymiz. E’tiborsizlar uchun har narsaga tayyormiz-u, biroq e’tiborlilar oldida e’tiborsizdekmiz.



Oqibatda esa qadrlaganimiz oldida shunchalar qadrsizlanamizki va bu tushkun kayfiyatda boshqa birovlarni ayblaymiz. Shu ham adolatdanmi? Axir, barchasiga faqat o‘zimiz aybdormiz-ku. Shunchaki bizni yaxshi ko‘rganlarni ulardanda ko‘proq yaxshi ko‘raylik, bizni qadrlaganlarni qadrlaylik, bizni eslaganlarni eslaylik. Shunda barchasi biz kutganimizdek bo‘ladi.

Munisa Rizayeva, xonanda

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 494 | Добавил: Admin | Теги: Munisa Rizayeva: Biz qadrimizga yet | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close