Главная » 2017 » Декабрь » 18 » Moskvadagi yerto‘ladan O‘zbekiston fuqarosining sellofanga o‘ralgan jasadi topildi
20:35
Moskvadagi yerto‘ladan O‘zbekiston fuqarosining sellofanga o‘ralgan jasadi topildi
Rossiya poytaxtidagi uylardan birining yerto‘lasidan sellofanga o‘ralgan jasad topildi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Aytilishicha, 16-dekabr kuni uy egasining o‘zi yerto‘lasidan jasadni topgan. Keyinchalik u politsiyaga murojaat qilgan. Uning ko‘rsatmalariga binoan, bir muddat oldin uyda yollanma ishchilar mehnat qilgan.

Aniqlanishicha, jasad 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga tegishlidir. Uning boshiga bolta bilan zarba berilgan. Jasad topilgan paytda uning o‘ldirilganiga ikki kun bo‘lgan edi.

Qotillik yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 214 | Добавил: Admin | Теги: Moskvadagi yerto‘ladan O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz