. Moskvadagi ko‘p qavatli uylarning birida mumiyolangan odam murdasi topildi - 8 Февраля 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Сб, 29.02.2020, 08:39
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2835]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 275

Статистика


12:20
Moskvadagi ko‘p qavatli uylarning birida mumiyolangan odam murdasi topildi
Besh yil oldin vafot etgan, mumiyolangan odam jasadi Moskva markazidagi xonadondan topilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Taxminlarga ko‘ra, erkak 2014-yil dekabr oyida vafot etgan. Tergovchilar holat yuzasidan surishtiruv va tekshiruv ishlarini boshlagan.

“Moskovskiy komsomolets” gazetasi ma’lumoti bo‘yicha, o‘lgan odam fransiyalik oqsuyak markiz de Lafit de Pelpor avlodi bo‘lgan 79 yoshli Sergey Pelpor bo‘lgan.

Qo‘shnilarning hikoya qilishicha, ko‘p qavatli uyning yo‘laklarida uch-to‘rt yildan beri qo‘lansa hid bo‘lgan. Ular ushbu hid it boquvchi xonadon egalarining hayvonlaridan anqiydi deb hisoblagan. Keyinchalik bunga itlar sabab emasligi aniqlangach, politsiyaga murojaat qilingan. Yakunda kvartirada o‘lgan markizning jasadi borligi ma’lum bo‘lgan.

Markizning qarindoshlari u ruhiy sog‘lom bo‘lmaganini bildirgan. U o‘zini ta’qib qilishayotgani haqida ko‘p gapirgan. Shu sababli 10 yil davomida yaqinlari bilan umuman muloqot qilmagan. Olimning oilasi ham farzandlari ham bo‘lmagan.

Sergey Dmitriyevich ilm-fan bilan mashg‘ul bo‘lgan va Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetida avtomatik boshqaruv kafedrasida ishlagan. Dotsent ilmiy unvoniga ega olimni hamma hurmat qilgan.

Marhumning bobokaloni — Lui de Lafit de Pelpor (Parijda ushbu oqsuyaklar familiyasi nomi bilan atalgan metro bekati ham bor) hisoblanadi. Napoleon Rossiyaga yurish qilgan vaqtda Lui Vitebsk bo‘yida yaralangan va asirga tushgan. Markiz urushdan so‘ng Rossiyada yashab qolgan va bu yerda nemis ayoliga uylangan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 53 | Добавил: Admin | Теги: Moskvadagi ko‘p qavatli uylarning b | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Февраль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020