Главная » 2018 » Май » 15 » Moskvada 17 yoshli yigit va qiz qo'llarini arqon bilan qo'shib boylagan holda ko'p qavatli uyning 14- qavatidan pastga sakrashdi…
19:18
Moskvada 17 yoshli yigit va qiz qo'llarini arqon bilan qo'shib boylagan holda ko'p qavatli uyning 14- qavatidan pastga sakrashdi…
Shubhasiz, bu qadar balandlikdan sakragan odam tirik qolmaydi. Yigit va qiz shu yerning o'zida jon berdi. Fojia yuz bergan joyga yetib kelgan politsiyachilar ularning yonidan o'limoldi maktubini topishdi. Maktubda yozilishicha, ular bir-birlarini sevishgan. Ammo oilasidagilar bu nikohga qat'iyan qarshilik qilishgan. Shu sababli sevishganlar hech bo'lmasa, boqiy dunyoda birga bo'lishga ahd qilishgan.

— Iltimos, yaxshilar, — deyilgandi maktub so'ngida. — Bizni bir qabrga dafn etinglar! Sizlardan o'tinib so'raymiz! Biz hech qachon bir-birimizdan ayrilishni istamaymiz…

Hozirgi vaqtda ushbu fakt bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan. Tergov qo'mitasi va prokuratura xodimlari surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 111 | Добавил: Admin | Теги: Moskvada 17 yoshli yigit va qiz qo' | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz