Пн, 11.11.2019, 23:40
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2731]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


13:27
Moskva viloyatidagi o'rmonda o'zbekistonlikning jasadi topildi
8 oktyabr kuni Moskva viloyati Lyuberes tumanidagi o'rmondan O'zbekiston fuqarosining jasadi topilgan.

TIV xabariga ko'ra, avvalroq 2 oktyabr kuni “Tomilinsk elektron zavodi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi” MChJning ob'yektlaridan birida devor qulashi natijasida hamyurtimiz vafot etgani va tashkilot rahbarlari mazkur holatni yashirishga urinayotgani to'g'risida ma'lumot bor edi.

Elchixona shu holat bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy murojaat qilgan va bosh konsul O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakolatxonasi rahbari bilan birgalikda voqea joyiga borgan edi.

Tergov organlari qidiruv amaliyotlarini olib borgan va marhumning jasadi ob'yektdan 5 km. uzoqlikdan topilgan.

Ayni paytda tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog'liq masalalarni hal qilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 42 | Добавил: Admin | Теги: Moskva viloyatidagi o'rmonda o'zbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019