08:26
Moskva viloyatida 21-oktabrdan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi, muzeylar yopiladi

21-oktabrdan Moskva viloyatida ommaviy va sport tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanadi. Bu haqda viloyat gubernatori Andrey Vorobyovning Telegram kanalida ma'lum qilindi.

“Mashg‘ulotlar va o‘yinlar davom ettiriladi, biroq tomoshabinlarsiz”, — deya aniqlik kiritiladi xabarda. Shuningdek, 21-oktabrdan ko‘rgazma zallari va muzeylar tashrif buyuruvchilari uchun yopiladi.

Eslatib o‘tamiz, 17-oktabrdan Moskva viloyatida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida kechasi ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish taqiqlangan edi.

19-oktabr ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva viloyatida yana 466 kishida koronavirus aniqlangan. Viloyat sutka davomida aniqlanayotgan yangi kasallanish holatlari bo‘yicha Moskva shahri va Sankt-Peterburgdan keyingi o‘rinda ketmoqda.

Avvalroq Moskvada koronavirus tufayli yana ommaviy dezinfeksiya ishlari olib borilishi, poytaxt meri Sergey Sobyanin qattiq karantin choralari joriy etilmasligini ma’lum qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 245 | Добавил: Admin | Теги: muzeylar yopiladi, Moskva viloyatida 21-oktabrdan omma | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close