Главная » 2018 » Май » 25 » Moskva shahridagi Dmitrov shossesida nogiron o'smir ikki haftagacha olamdan o'tgan onasining murdasi bilan yashadi…
07:45
Moskva shahridagi Dmitrov shossesida nogiron o'smir ikki haftagacha olamdan o'tgan onasining murdasi bilan yashadi…
Yaqinda Moskvaning Dmitrov shossesidagi uylarning birida yashovchilar politsiyaga qo'ng'iroq qilib, qo'shni kvartiradan murda hidi anqiyotganini aytishdi. Politsiya xodimlari tez fursatda aytilgan manzilga yetib kelishdi. Ichkariga kirib ne ko'z bilan ko'rishsinki, ayol murdasi karavotda yotar, yonida esa ruhiy xasta, nogiron, 17 yoshli o'smir o'tirardi. Murda allaqachon chiriy boshlagani sababli badbo'y hid hammayoqni tutib ketgan ekan. Surishtiruvlar nogiron o'smir jasad egasining o'g'li ekanini tasdiqladi.

Ekspertlar tezda zarur tekshiruv ishlarini tashkil etishdi. Aniqlandiki, ayolning o'lganiga ikki hafta bo'lgan.

Huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari murdani morgga, nogiron o'smirni esa ruhiy xastaliklar shifoxonasiga yetkazishdi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 78 | Добавил: Admin | Теги: Moskva shahridagi Dmitrov shossesid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz