Главная » 2017 » Декабрь » 26 » Meksikada qotillik jinoyatlari soni rekord darajaga yetdi…
07:06
Meksikada qotillik jinoyatlari soni rekord darajaga yetdi…
Rasmiy xabarlarga qaraganda, 2017 yilning o'zida mamlakat bo'yicha jami 23 ming 101 ta qotillik jinoyati sodir etilgan. O'tgan yili esa mingtaga kam edi.

Mamlakatdagi agentliklarning xabar berishicha, Meksikada qotillik jinoyatlari sodir etilishiga 2006 yili sobiq prezident Felipe Kalderonning narkomafiyaga qarshi urush e'lon qilishi sabab bo'ldi. O'shandan beri narkotik bilan bog'liq jinoyatlar tufayli 200 ming kishi hayotdan ko'z yumdi.

Masalan, yaqinda, aniqrog'i, 19 dekabr kuni Verakrus shtatida jurnalist Gumar Peresni otib o'ldirishgan. Jurnalist o'sha kuni farzandi o'qiydigan maktabda tashkil etilgan bayram tadbiriga tashrif buyurgandi. Mahalliy prokuratura xodimlari aytishdiki, Peres mafiya bilan aloqada bo'lgan. Uni o'ldirish amali o'sha mafiyaga qarshi to'da tarafidan amalga oshirilgan.

Manba: Hordiq.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 139 | Добавил: Admin | Теги: Meksikada qotillik jinoyatlari soni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz