Вс, 22.07.2018, 11:15
Приветствую Вас, Mexmon

07:17
Mashhur xonanda, marhum Maykl Jeksonning otasi Jo Jekson 89 yoshida vafot etdi…
Jo bobo anchadan beri saraton xastaligidan azob chekardi. Chorshanba kuni Los-Anjelesda mahalliy vaqt bilan soat 3: 30 da olamdan o'tdi.

Jo bobo 11 bolaning otasi va Jeksonlar musiqiy imperiyasining asoschisi hisoblanardi. U 1960 yildan beri oilaviy vokalni o'z homiyligida ushlab kelgan. Dastlab bu oila «Jackson 5» guruhi tuzib, bu guruh qisqa muddatda dunyoga mashhur bo'ldi. Keyinchalik Maykl va Janet Jeksonlarning xonandalikdagi faoliyatiga homiylik qildi. Ammo uning farzandlari ota tarafidan o'ylab topilgan shafqatsiz tarbiyadan bezillashardi. Shu sababli ham Jo bobo umrining so'nggi lahzalarigacha farzandlar bilan munosabati iliqlashmadi.

Ayniqsa, Maykl Jekson hayot paytida otasining ustidan nuqul shikoyat qilardi. U otasining shafqatsiz tarbiya usuli tufayli aka-uka va aka-singillar baxtli bolalikdan mahrum bo'lganidan kuyardi.

— Men otamni juda yaxshi ko'raman, — derdi Maykl Jekson. — Ammo uning fe'l-atvorini sira tushunmayman. U juda shafqatsiz, bir marta qarash bilan biz farzandlarning yuragini tushiray derdi…

Jo bobo umrining so'nggi yillarini Las-Vegasda o'tkazdi. 87 yoshni qarshilagan yili infarktga uchrashi oqibatida ko'zlari yaxshi ko'rmay qoldi. Oradan hech qancha o'tmay, avtohalokatga uchradi. Ustiga ustak saraton xastaligiga yo'liqdi. Shunday qilib, Jo Jekson so'nggi ikki yilni faqat dard tortish bilan kechirdi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 60 | Добавил: Admin | Теги: marhum Maykl Jeksonning otasi Jo Je, Mashhur xonanda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar