Главная » 2018 » Май » 12 » Marg'ilondagi №1 mehribonlik uyi rahbariyati tarbiyalanuvchilarning nomusiga tekkanlikda ayblanmoqda…
20:45
Marg'ilondagi №1 mehribonlik uyi rahbariyati tarbiyalanuvchilarning nomusiga tekkanlikda ayblanmoqda…
Farg'ona viloyatidagi Marg'ilon shahar №1 mehribonlik uyi rahbarlari ilgari ham ko'z ko'rib quloq eshitmagan darajadagi dahshatli jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan. Masalan, 2017 yil dekabrida Farg'ona viloyat prokuraturasi mehribonlik uyining bosh hisobchisi va direktoriga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atgan. Ular mehribonlik uyiga tegishli jami 167 million so'm pulni bekitiqcha o'zlashtirganlikda ayblangan.

Hozirgi kunda esa rahbariyat tarafidan mehribonlik uyining hali 16 yoshga to'lmagan tarbiyalanuvchi qizlarini majburan jinsiy munosabatga kirishishga, homilador bo'lib qolganlarni homiladan abort yordamida xalos bo'lishga, jinsiy munosabatlarning o'ta shafqatsiz va jirkanch ko'rinishlari bilan shug'ullanishga majburlash kabi jinoyatlar sodir etilgani aniqlangan. Shu jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinganlar qamoqqa olindi. Farg'ona viloyat prokuraturasi vakillari shu masalada qo'shimcha tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 189 | Добавил: Admin | Теги: Marg'ilondagi №1 mehribonlik uyi ra | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz