Вт, 17.07.2018, 06:49
Приветствую Вас, Mexmon

15:32
Mamlakatimizga quruq va jazirama harorat yaqinlashmoqda
7-10 iyul kunlari O'zbekiston bo'ylab issiq havo kuzatiladi. Ayrim hududlarda havo harorati 45 darajagacha ko'tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya markazi xabar bermoqda.

Mamlakatimiz hududiga issiq va quruq havo oqimi Turkmaniston orqali Erondan kirib keladi. Havo harorati kunduz kunlari o'rtacha 5-7 darajagacha ortib, 40-43 darajaga yetadi.

Ma'lum qilinishicha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 40-45 darajagacha ko'tariladi, garmsel bo'lishi kutilmoqda.

Havo harorati ko'tarilishi munosabati bilan 7-10 iyul kunlari respublikamizning tog'oldi va tog' hududlarida Tojikiston hamda Qirg'izistondagi muzlar erishidan hosil bo'lgan sel oqimlari kelishi xavfi ham bor.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 148 | Добавил: Admin | Теги: Mamlakatimizga quruq va jazirama ha | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar