Главная » 2017 » Декабрь » 18 » «Malika» bozoridagi telefon sotuvchisi 10 yilga qamalishi mumkin
07:41
«Malika» bozoridagi telefon sotuvchisi 10 yilga qamalishi mumkin
Toshkentning «Malika» bozorida telefon sotib olish bilan shug'ullangan 20 yoshli yigit salkam 5 ming dollarlik qimmatliklarni aldov yo'li bilan o'zlashtirishda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Shayxontohur tuman IIBga ko'ra, 1997 yili tug'ilgan yigit 26 yoshli odamning ishonchiga kirib, unga 4910 dollar evaziga 10 kun ichida 10 ta telefon sotishni va topilgan pulni qaytarishni va'da qilgan. Ammo telefon xarididan tushgan pulni u o'z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Moddaga ko'ra, u yetkazilgan zararni to'liq qoplab berishi va 8–10 yilgacha qamalishi mumkin.
Ayblanuvchi xavfsizlik maqsadida sud qaroriga qadar hibsda ushlab turiladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 175 | Добавил: Admin | Теги: «Malika» bozoridagi telefon sotuvch | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz