. Makaoda koronavirus tufayli barcha kazinolar yopiladi - 4 Февраля 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Сб, 29.02.2020, 10:45
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2835]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 275

Статистика


18:48
Makaoda koronavirus tufayli barcha kazinolar yopiladi
Makao hukumati koronavirus tarqalish xavfi tufayli barcha kazinolar faoliyatini ikki haftaga to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Reuters ma’muriy hudud rahbari Xo Iat Seng bayonotiga tayanib.

“RBK”ning yozishicha, barcha 49 kazino va shu turdagi joylar yopiladi. Ularning yopilish sanasi va vaqti keyinroq kelishib olinadi. Makao rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yopish shartlari kazino egalari bilan muhokama qilinadi.

Hukumat Makaoda 10-odam koronavirus bilan kasallangani ma’lum qilingach shunday qarorga kelgan.

Macau News ma’lumotiga ko‘ra, u shaharda yashovchi 57 yoshli erkak bo‘lib, 25-yanvar kuni Guanchjouga kelgan va shu kuniyoq qaytib ketgan. Ertasi kuni tana harorati ko‘tarilib, yo‘talishni boshlagan. 4-fevral kuni uning koronavirusga chalingani tasdiqlangan.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 3-fevral holati bo‘yicha 20 438 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 28 | Добавил: Admin | Теги: Makaoda koronavirus tufayli barcha | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Февраль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020