Главная » 2018 » Май » 22 » Livanlik tilanchi ayol aslida millioner bo'lib chiqdi
17:21
Livanlik tilanchi ayol aslida millioner bo'lib chiqdi
Livan poytaxti Bayrut ko'chalaridan birida 52 yoshli Fotima Muhammad Usmon yurak xurujidan vafot etdi. Uning yonidan esa 1,7 milliard Livan funti (1,1 million AQSh dollari) qo'yilgan jamg'arma daftarchasi topildi, deya xabar bermoqda Al Arabiya.

Ma'lumotlarga qaraganda, ayol Livandagi fuqarolar urushi paytida yaralangan va qisman falaj bo'lib qolgan. U yigirma yil davomida tilanchilik bilan shug'ullanib, ijaraga olingan avtomobilda yashagan. Mashina tintib ko'rilganida besh million funtga yaqin (uch ming dollar) pul chiqdi.

Politsiya millioner tilanchi ayolning jasadini mamlakat shimolida yashaydigan qarindoshlariga topshirdi. Turgan gapki, qarindoshlar marhuma to'plagan mablag'dan hayratga tushdi.

Manba: Azon.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 96 | Добавил: Admin | Теги: Livanlik tilanchi ayol aslida milli | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz