Главная » 2018 » Июнь » 1 » Krishtianu Ronaldu 8 yilga qamaladi…
12:46
Krishtianu Ronaldu 8 yilga qamaladi…
Futbolchi soliqlarni o'z vaqtida to'lamaganlikda ayblanmoqda.

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, futbolchining soliqdan 14,7 million qarzi bor. Ammo soliq qarzini vaqtida to'lamaganligi uchun Ispaniya soliq xizmati jarima sifatida 28 million to'lashni talab qilmoqda. Agar sportchi jarimani 15 iyungacha to'lamasa ish sudga oshirilishi mumkin. Sud sportchini aybdor deb topsa, 8 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga qarshi ish 2017 yil iyun oyida qo'zg'atilgan bo'lib, 2011-2014 yillar davomida 15,7 million soliq to'lamaganligi uchun ayblangan. Ma'lumotlarga ko'ra, u o'zining haqiqiy daromadini yoshirib, soliqdan qarzi yo'qligi haqida yolgon ma'lumot bergan.
Категория: Sport Yangiliklar | Просмотров: 311 | Добавил: Admin | Теги: Krishtianu Ronaldu 8 yilga qamaladi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz