. Koronavirus tufayli musiqa tinglash 23 foizga kamayib ketdi - 23 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Вт, 07.04.2020, 15:51
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2876]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 277

Статистика


18:08
Koronavirus tufayli musiqa tinglash 23 foizga kamayib ketdi
Dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi karantini tufayli odamlar musiqa tinglashni kamaytirdi, deb xabar berdi Quartz nashri.

Ko‘pchilik odamlar uyda o‘tirsa ko‘proq musiqa tinglashini taxmin qilgandi, lekin buning aksi bo‘ldi.

Masalan, Spotify’dagi eng ko‘p tinglanadigan 200 ta qo‘shiq Italiyada 2019-yilning fevralida bir sutkada 18,3 million marta tinglangan. Hozir esa bu ko‘rsatkich 14,4 million martani tashkil etmoqda.

3-martdan 17-martgacha musiqa tinglash darajasi 23 foizga tushib ketdi.

Nashr o‘sha auditoriya saqlanib qolgani, biroq odamlar boshqa janrdagi musiqa tinglay boshlaganini taxmin qilmoqda. Masalan, o‘tgan vaqt ichida eski xitlar yana ommalashgan. Biroq musiqa tinglash darajasi boshqa mamlakatlarda ham pasayib ketgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniyada ham odamlar avvalgidek qo‘shiq eshitmay qo‘ygan.

Mutaxassislar buni odamlar kayfiyati yaxshi paytida musiqa tinglashga moyil bo‘lishi bilan izohlaydi. Karantin vaqtida esa ko‘pchilik vaqtichog‘lik qilishni istamaydi.

Nashrning qayd etishicha, odamlar ishga bormay qo‘ygani uchun ham musiqa tinglamayapti. Chunki ko‘pchilik yo‘lda ketayotib qo‘shiq eshitishni ma’qul ko‘radi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 27 | Добавил: Admin | Теги: Koronavirus tufayli musiqa tinglash | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020