15:35
Koronavirus Ramzan Qodirovni ham yengmoqda. Uning ahvoli birdaniga og‘irlashdi!

“Axmat” futbol klubining faxriy prezidenti Ramzan Qodirov koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgan edi.
Baza telegram kanali tarqatgan yangi ma’lumotlarga qaraganda, Checheniston rahbarining ahvoli og'irlashgan.

Koronavirus uning o‘pkasining katta qismiga ziyon yetkazgan. Ramzan Qodirov bu kasallikka chalinganiga 2-3 hafta bo‘lgani aniqlandi. U Chechenistondagi tumanlardan birining rahbari Valid Abdurashidovni ziyorat qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun kasalxonaga borganida virusni ilashtirib olgani aytilmoqda.

O‘zini yomon his qila boshlagan Ramzan Qodirov buni shamollashga yo‘ygan. Uning o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmagani, unga koronavirusning jiddiy ziyon yetkazishiga sabab bo‘lgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 258 | Добавил: Admin | Теги: Koronavirus Ramzan Qodirovni ham ye | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close