. Koronavirus aniqlangan o‘zbekistonlik ayol Parijdan Toshkentga 11-mart kuni kelgan - 15 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Вт, 07.04.2020, 16:51
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2876]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 277

Статистика


14:28
Koronavirus aniqlangan o‘zbekistonlik ayol Parijdan Toshkentga 11-mart kuni kelgan
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan ilk bemor Uzbekistan Airways’ning 10-martdagi Parij—Toshkent reysida kelgan (reys Toshkent vaqti bilan 11-martga o‘tar kechasi qo‘ngan). Bu haqda “Interfaks” agentligi o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 15-mart, yakshanba kuni, soat 6:00 da koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgani, bemor o‘zbekistonlik ayol ekani haqida xabar berilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning oila a’zolari ham tibbiy kuzatuvga olingan.

“Interfaks”ning qo‘shimcha qilishicha, Parijdan Toshkentga bemor ayol bilan birga yana 48 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi uchib kelgan. Ular orasida 24 nafar tranzit yo‘lovchi, jumladan, to‘rt nafar fransiyalik, bir nafardan Italiya va Braziliya fuqarolari bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 14-martdan Fransiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan edi. Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi 14-mart kuni o‘zbekistonliklarga vaqtincha Fransiyaga bormay turishni tavsiya qilgan edi. Undan avvalroq, 4-mart kuni Fransiyadan qaytgan fuqarolar, agar oxirgi tashrifidan 14 kundan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, uy sharoitida izolyatsiya (uy karantini)ga olinishi ma’lum qilingan edi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 23 | Добавил: Admin | Теги: Koronavirus aniqlangan o‘zbekistonl | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020