Сб, 18.08.2018, 05:46
Приветствую Вас, Mexmon

20:30
Keniyadan 78 ming yil ilgari odamlar yashagan manzilgoh topildi
Germaniyadagi Maks Plank nomidagi jamiyatning inson rivojlanishi instituti olimlari Keniyadagi Panga-ya-Saidi g‘oridan qadimiy odamlar manzilgohini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Panga-ya-Saidi g‘orlar tizmasi bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 1000 metrni tashkil qiladi.

Panga-ya-Saidi qirg‘oqdan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu masofa turli davrlarda suvning balandligiga qarab o‘zgarib turgan. Tadqiqotchilarning fikricha, g‘ordagi odamlar baliq tutmagan, ov va termachilik bilan shug‘ullangan.

Topilma natijasida qilingan kashfiyotlar shuni isbotlaydiki, odamlar rivojlangan qurollarga bosqichma-bosqich o‘tgan va toshga ishlov berishni o‘rgangan. Panga-ya-Saidi g‘orida topilgan tosh qurollar bundan 78 ming yil ilgari yaratilgan, 67 ming yil oldin esa o‘q-yoy takomillashishni boshlagan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 98 | Добавил: Admin | Теги: Keniyadan 78 ming yil ilgari odamla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar